Soha yangiliklari

Samarqand viloyatida navbatdagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan IT maktab o‘z faoliyatini boshladi

Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi 56-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Tuman hokimligi, jamoatchilik vakillari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar.   O‘tgan davr mobaynida Samarqand viloyatida 5 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu maktab oltinchisi hisoblanadi.   Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlandi va jihozlandi. Unda 2 ta informatika, robototexnika sinfxonalari va raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyatini beradi.
Faylni tanlang