Soha yangiliklari

Samarqand viloyatida navbatdagi IT maktab o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son qarori bilan belgilab berilgan vazifalar doirasida Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 61-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va tuman hokimligi rahbar va xodimlari, jamoatchilik vakillari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. O‘tgan davrda Samarqand viloyatida 6 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu maktab informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning yettinchisi hisoblanadi. Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlandi va jihozlandi. Unda informatika, robototexnika sinfxonalari va raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati beradi.  
Faylni tanlang