Soha yangiliklari

Samarqand viloyatida informatika va axborot texnologiyalarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘z faoliyatini boshladi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 23-son informatika va axborot texnologiyalarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyati hokimligi, Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Jomboy tuman hokimligi rahbar va xodimlari, hamda jamoatchilik vakillari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Mazkur o‘quv muassasasi talab darajasida ta’mirlandi va jihozlandi. Unda informatika, robototexnika sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga informatika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladi.  
Faylni tanlang