Soha yangiliklari

Samarqand viloyatida “mGovAward” davlat mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda IT Park Samarqand filiali hamkorligida oliygoh talabalari uchun “mGovAward” mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha respublika tanlovi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovning maqsadi – talabalar va o‘quvchilarni davlat mobil ilovalarini yaratishga qiziqtirish, yangi va kerakli mobil ilovalarni ishlab chiqish va eng yaxshi loyihalarni moliyaviy rag‘batlantirishdan iborat. BAA hukumati bilan erishilgan kelishuvlar bajarilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni samarali hal etilishini ta’minlash maqsadida mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollarini tashkil etadigan “mGovAward” tanlovining ikkinchi bosqichi e’lon qilingan edi. Ushbu tadbirning navbatdagi taqdimoti 2022-yil 1-mart kuni “Yoshlar markazi” Samarqand filialida o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi va vazifalari haqida ishtirok etish istagini bildirgan yoshlarga atroflicha tushuntirishlar berildi. Tanlovga arizalar qabul qilish jarayoni 31-martga qadar davom etadi.
Faylni tanlang