Soha yangiliklari

Samarqand viloyatida hamshiralarning AKT sohasidagi malakasi oshirildi

Samarqand viloyatining hududlarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalari o‘quv markazlarida jami 260 nafar hamshiralarning axborot texnologiyalari hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha malakasi oshirildi. Tashkil qilingan o‘quv kurslarining keyingi bosqichida viloyatdagi tibbiyot muassasalarining hamshiralari, oilaviy poliklinika shifokorlari, tibbiy ro‘yxatchi xodimlar jami 1 000 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari o‘qitilishi nazarda tutilgan. Ushbu o‘quv kurslarini tashkil qilishdan maqsad, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan IT operator – hamshiralarning axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarini oshirishdir.  
Faylni tanlang