"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyati EMMX da «GPS - Global joylashishni aniqlash tizimi» mavzusida texnik o‘quv soati o‘tkazildi.

2022-yil 1-noyabr kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari o‘rtasida navbatdagi texnik o‘quv soati o‘tkazildi. Texnik o‘quv soati mavzusi: GPS global navigatsiya tizimi bo‘lib, bunda tizimni yaralish tarixi va qo‘llaniladigan texnologiyalar haqida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.


GPS qisqartmasi – ingliz tilida “Global Positioning System” deb nomlangan bo‘lib, u “Global joylashishni aniqlash tizimi” degan ma’noni bildiradi.

GPS tizimi 1973-yilda AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan yaratilgan va dastlab harbiy operatsiyalar uchun ishlatilgan, ammo 1980-yillardan boshlab AQSh hukumati fuqarolarga ushbu navigatsiya tizimidan foydalanishga ruxsat bergan.

Global joylashishni aniqlash tizimi fazodagi sunʼiy yoʻldoshlar asosida taʼminlab berilgan  sunʼiy yoʻldoshli global navigatsion tizim boʻlib, Yer sayyorasida va uning atrofida boʻlgan joylardagi vaqt va geografik koordinatani aniqlash imkonini beradi. GPS ob-havo sharoitidan qatʼi nazar, berilgan nuqta atrofida to‘g‘ri chiziqda 4 ta GPS sunʼiy yo‘ldoshi ko‘rinadigan joyda ishlashi mumkin.

Dunyo bo‘yicha ko‘plab rivojlangan mamlakatlar GPS joylashishini aniqlash tizimlarining analoglarini ishlab chiqishmoqda. Rossiya Federatsiyasi “Glonass”, Yevropa ittifoqi “Galileo” va Xitoy Xalq Respublikasininig “BeiDou” tizimini ishga tushirgan.

GPS tizimi faoliyati uchun 24 ta sun’iy yoʻldosh kerak bo‘ladi. Birinchi sun’iy yoʻldosh 1978-yilning fevral oyida fazoga uchirilgan. Hozirda GPS tizimining 32 ta sun’iy yoʻldoshi mavjud. Sun’iy yoʻldoshlar dengiz sathidan 20 180 km balandlikda joylashgan bo‘lib yerni 12 soat davomida bir marotaba aylanib chiqadi. Radioto‘lqin uzatish chastotasi L1-1575,42 MGs va L2-1227,6 MGs.  


Albatta bu kabi texnik o‘quv soatlari xodimlarning malakasini oshirishda beqiyos o‘rin tutadi. O‘quv soati oxirida Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan bu kabi mavzularni yanada ko‘proq va chuqurroq o‘rganish takliflari kiritildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi Shodmonov U.B.


 


 

Faylni tanlang