"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyati EMMXda davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.T.Sulaymonov ishtirok etib, milliy qonunchiligimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘plab huquqiy hujjatlar mavjud ekanligi biroq, bu illatga qarshi kurashish har bir fuqaro, kattalar va yoshlarning birdek vazifasiga aylanmog‘i lozimligi haqida gapirdi.

Shuningdek, har bir fuqaro o‘z ish faoliyati davomida o‘zini namoyon etadigan har qanday ko‘rinishdagi korrupsion harakatlarga nisbatan shaxsiy pozitsiyasini bildirishi, adolat mezonlari ustuvorligini ta’minlashga harakat qilish va bu yo‘ldagi samaradorlikni sezilarli bo‘lishiga olib kelishini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbati davomida, yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bayrami bilan barchani samimiy qutlab, bosh qomusimiz Konstitutsiyaning aholi hayoti va faravonligidagi o‘rni, jamiyat ustuvorligini ta’minlashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birgalikda, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar va ularning aholi turmush tarzi, huquq va erkinliklari kafolatlarining asosiy bosh bo‘g‘ini ekanligini aytib o‘tdi.

Davra suhbati so‘ngida xizmat xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga tegishli javoblarni oldilar.


Jizzax viloyati EMMX

2-toifali muhandisi X.A.Israilov

Faylni tanlang