"EMMM" DUK yangiliklari

Farg‘ona viloyati EMMXda masofaviy onlayn sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2021-yil 16-dekabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK rahbari o‘rinbosari Avaz Xabibullaevich Xashimxodjayev tomonidan onlayn konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, “O‘zkomnazorat”ning Farg‘ona viloyati hududiy inspeksiyasi, Andijon RTUM Farg‘ona uchastkasi, uyali aloqa kompaniyalarining hududiy filiallari vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

A.X.Xashimxodjayev “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan erishilgan yutuqlar, yaqin kelajakdagi rejalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni haqida eslatib o‘tdi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining ayrim bandlariga aniqlik kiritdi. Ishtirokchilar “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Raqamli teleradioeshittirish masalalari ko‘rib chiqildi. Farg‘ona vodiysidagi anklav hududlarda uyali aloqa kompaniyalari signallarining qamrov hududi masalalariga oydinlik kiritildi.

Sohamizdagi faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va “Elektromagnit moshlashuv markazi” DUK yetakchi mutaxassislari tomonidan ushbu savollarga javoblar olishdi. Uchrashuv juda yuqori kayfiyatda o‘tdi.

 

Fargʻona viloyati EMMX boshligʻi N.A.Turgunov

Faylni tanlang