"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMXda Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv amaliy mashg‘uloti olib borildi

2022-yilning 27-iyunida Xorazm viloyati EMMX xodimlari bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazining boshlig‘i kapitan I. Palvonov, katta leytenant R. Ibragimov hamda Urganch shahar FVB xodimi kapitan E. Nurimovlar ishtirokida “Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) , Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirish, aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, kuch va vositalari tayyorgarligini oshirish hamda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish” bo‘yicha o‘quv amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-sonli Farmoni hamda “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-sonli Qarori mashg‘ulot qatnashchilariga tanishtirib o‘tildi.

Tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmalari) bazasida tegishli favqulodda vaziyatlar bo‘limlari shakllantirilganligi hamda yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining yong‘in xavfsizligi qismlari esa yong‘inlarni o‘chirishdan tashqari qutqaruv ishlarini bajarish vazifalari yuklatilgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv tuzilmalariga aylantirilganligi ma’lumot o‘rnida aytib o‘tildi.

O‘quv amaliy mashg‘uloti davomida qatnashchilarga yong‘in va favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan barcha asbob uskunalarning ishlatilishi, maxsus kiyim boshlardan qay tarzda foydalanish, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash kabi amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Mashg‘ulot so‘ngida qatnashchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil va asosli javoblar berildi.

 

Xorazm viloyati EMMX muhandisi M.Sayidova

 

Faylni tanlang