"EMMM" DUK yangiliklari

Namangan viloyatida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

 

Joriy yilning 16-dekabr kuni “EMMM” DUK rahbariyati tomonidan 2021-yil II-yarim yilligi uchun tasdiqlangan reja jadvaliga asosan, Namangan viloyati EMMXda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga masofaviy (“Zoom” dasturi orqali) onlayn sayyor qabuli tashkil etildi.

Sayyor qabulni “EMMM” DUK boshlig‘i o‘rinbosari A. Xashimxodjayev olib bordi.

Tashkil etilgan ushbu sayyor qabulda, sohaga oid qonunlar, ya’ni “Aloqa tog‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyati, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabardagi 801-son “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” Qaroriga asosan bir qancha vazifalar yengillashtirilgani va qog‘ozbozliklar kamayganligi, shu jumladan REV va YChQ egalariga yengilliklar yaratilgani, ruxsatnomalar rasmiylashtirish borasidagi muddatlar qisqartirilgani va talab etiladigan hujjatlar soddalashtirilganini va yana boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.

Shuningdek kun tartibidagi yana bir masala O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojаatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, undagi murojaatlar bilan ishlash hamda ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish xususida to‘xtalib o‘tildi. Qabul jarayonida tushgan barcha savollarga korxona rahbariyati tomonidan tegishli javob va tushunchalar berildi.

Sayyor qabulda yigirmadan ortiq sanoat korxonasi vakillari ishtirok etdilar.

Tayyorladi:Namangan viloyati EMMX radiooperatori Q.Q.Qo‘chqorov

Faylni tanlang