EMMM yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida TATU Nukus filiali talabalari bilan o‘quv-seminar o‘tkazildi

“Elekromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

 

 

 

Joriy yilning 28-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabalari bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi soha korxonalari faoliyati bilan tanishtirish va korxonaga jalb qilish loyihasida ishtirok etgan talabalarni saralash maqsadida “Milliy radiomonitoring tizimi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

 

O‘quv-seminar davomida korxonaning ish faoliyati, bugungi kunda olib borilayotgan ishlar, talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

 

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1-toifali muhandisi Narimov N.N.

 

Faylni tanlang