"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXda - Davlat tili bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi millat taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi.

1989-yil 21-oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. Ushbu qonunning 1-moddasi va Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili O‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. Shu sababdan, yurtimizda 21-oktabr - “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilingani haqidagi xushxabarni butun xalqimiz, millatimiz g‘oyat mamnuniyat bilan kutib oldi.

 

 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim siljishlardan biri bo‘lib, ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.

Tilimizning sehru jozibasi, avvalo, ana shu tilning yashovchanligida, unda yaratilgan badiiy adabiyotda namoyon bo‘ladi. Shu bois o‘zligini tanigan har bir millat ona tili va adabiyotini asrab-avaylaydi, uning rivoji yo‘lida bor kuch-salohiyatini safarbar etadi. Har bir xalqning ona tili uning milliy ruhi va o‘zligining, milliy g‘oyasining asosini tashkil etadi.

 

 

Ushbu g‘oyani barchamizning qalbimizga teran singdirib borishimiz maqsadida 2023-yil 17-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moshlashuv xizmati mehnat jamoasida Davlat tiliga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun mazmun mohiyati va davlat tilida ish yuritish asoslari to‘g‘risida fikrlar tinglandi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandisi M.Ismailova

 

Faylni tanlang