"EMMM" DUK yangiliklari

“Yashil makon” umummilliy dasturi Samarqand viloyati EMMXda keng joriy etilmoqda

Hozirgi kunda jamiyatimiz taraqqiyotining eng muhim strategik vazifalaridan biri mamlakatimiz aholisining turmush darajasini oshirishdan iborat.

Inson hayot sifati – umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya boʻlib, nafaqat moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish darajasini (turmush darajasini), balki ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, salomatlik, atrof-muhit ekologik sharoitlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda inson hayoti sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ta’kidlab oʻtish kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhitni, bioxilma-xilliklarni inson ta’siri hamda boshqa salbiy ta’sir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati EMMX jamoasi ham bu loyiha ijrosini ta’minlashda alohida tashabbus ko‘rsatmoqda. Bu bo‘yicha korxona hududida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi va davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida tashkilotning barcha ishchi-xodimlari faol qatnashib, hududni yanada obod qilish uchun o‘z hissasini qo‘shdi. Ayni shu loyiha doirasida korxona hududida mavjud bo‘sh yer maydoniga 200 dan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Mavjud daraxtlar oqlanib, taglari yumshatildi, har xil zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish uchun “EMMM” DUK tomonidan yetarli miqdorda qishloq xo‘jalik texnikalari va ish qurollari bilan ta’minlab kelinmoqda. Mavjud traktor va mini traktorlar yordamida bog‘lar ichiga ishlov berish, yerlarni yumshatish ishlarini bajarish yanada oson, yengil va qulay bo‘lmoqda. Shuningdek, zararkunandalarga qarshi kurashish uchun kimiyoviy dori vositalari va mineral o‘g‘itlar ham yetkazib berilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy dasturi keng miqyosda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalardan biri bo‘lib, Samarqand viloyati EMMX jamoasi ham har doim uning ijrosi ta’minlanishida o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.


Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Kodirov

Faylni tanlang