Soha yangiliklari

Shahrixonda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish kengaymoqda

“O‘zbektelekom” AK tomonidan joylarda aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan faoliyatlar natijasida yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari rivojlanmoqda. Bu borada Kompaniyaning Andijon filiali va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari tomonidan ham tizimli ishlar bajarilmoqda. Xususan, viloyatning Shahrixon tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi mutaxassislari tuman hududida joylashgan Nazarmaxram va Yangi hayot MFYlari aholisiga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berildi. Buning uchun 2 ming 500 metr optik tolali aloqa kabellari yotqizilib, hududlardagi xonadonlarga GPON texnologiyasi asosida internet va telefoniya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.  
Faylni tanlang