Soha yangiliklari

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Raqamli texnologiyalar o'quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Raqamli texnologiyalar o'quv markazi o‘z ishini boshladi. Mazkur o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Shahrisabz tumani hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Markazda aholi, tuman yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shahrisabz tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga kelgan yoshlar bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishib, yaratilgan bu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelajakda yetuk dasturchilar va mutaxassislar bo‘lishlarini mamnuniyat bilan so‘zlashdi.  
Faylni tanlang