Soha yangiliklari

Bo‘stonliqdagi maktabda IT sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi. Ochilish marosimida o‘quvchilar amaliy mashg‘ulot orqali qisqa vaqt ichida o‘rgangan bilimlarini yig‘ilganlarga taqdim etishdi. O‘quvchilarning mustaqil ravishda bajargan ishlari birinchi vazir o‘rinbosari va tuman hokimi tomonidan yuqori baholadi.
Faylni tanlang