Soha yangiliklari

Yagona portalda “COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish” xizmati joriy etildi

 

Bugungi kunda O’zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davom etmoqda.  Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Yagona portalda (my.gov.uz) yangi xizmat ishga tushirildi.

Endilikda emlash jarayonidan o‘tgan fuqarolarimiz portal orqali COVID-19 ga emlashga yozilish va emlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ham bemalol olishlari mumkin.

Quyidagi havola orqali  “COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish”  xizmatidan onlayn tarzda  foydalanish mumkin: https://my.gov.uz/uz/vaccine-info

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang