"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMXda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

“EMMM” DUKning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha 2022-yil 16-avgustda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining bajarilishini ta’minlash yuzasidan Xorazm viloyati Urganch shahri Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi “Jinoyat qidiruv bo‘limi” tezkor vakili

kapitan J.F.Bobojonov ishtirokida “Korrupsiya va uning jamiyatimizga yetkaziladigan zararli oqibatlari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6013-son Farmoni mazmun mohiyati tushuntirib berildi. Jumladan davlatimizda mazkur qonun hujjatlarida keltirib o‘tilgan e’tiborli joylariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, qonun hujjatlarining maqsadi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi haqida so‘z bordi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.

Kuni-kecha bo‘lib o‘tgan ShHT Sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinlar o‘rtasidagi  samarali muzokaralaridan soʻng ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamlari qabul qilindi. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan, har tomonlama strategik sheriklikning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari aks etgan. Shuningdek, oliy darajadagi tashrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi. Shu jumladan: “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida keng miqiyosida izchil ishlar olib borilayotganidan dalolatdir.

Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiya balosidan qutulish, yurtimizning har jabhada rivojlanishi uchun har bir fuqaro o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini anglab yetishlari kerak, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi amalga oshirilayotgan islohotlarda namoyon bo‘lishi lozim.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi M.Sayidova

Faylni tanlang