"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.

Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Adabiyot, nafis san’at, tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egalladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ilgan bo‘lib, bu yil uning tavallud topgan kunga 540 yil to‘ladi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

Tadbir davomida EMMX xodimlariga o‘zbek davlatchiligi tarixida Boburiylar sulolasining o‘rni va bugungi yoshlar ma’naviyatidagi ahamiyati, Boburning adabiy merosi, sulolaning 33 vakili jahon adabiyoti va san’atiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 

  Tadbir davomida EMMX xodimlari o‘zlari uchun Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi to‘g‘risida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


 

Sirdaryo viloyati EMMX

2-toifali tarmoq muhandisi                                                                   O.Ostonaqulov

Faylni tanlang