"EMMM" DUK yangiliklari

So‘x tumanida mobil aloqa qamrovi o‘rganildi

2022-yilning dekabr oyida Farg‘ona vodiysidagi anklav hududlardan biri So‘x tumanida mobil aloqa qamrovini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshligʻi hamda muhandisi tomonidan radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi.

Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshligʻi va muhandisi tomonidan maxsus radiomonitoring o‘lchov qurilmalari yordamida Soʻx tumani aholi punktlarida, MFY hududlarida GSM, UMTS, LTE, CDMA standartlarida mobil aloqa qamrovining holati o‘rganib chiqildi.

Soʻx tumaniga xizmat safari davomida Fargʻona viloyati EMMX boshligʻi Mirzaaxmedov Abdujamol Zokirovich Soʻx tumani hokimi Saidmusayev Saidbahrom Saidburxonovich bilan uchrashdilar. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha suhbat oʻtkazdilar. Shuni inobatga olgan holda Soʻx tumani hokimi Saidbahrom Saidburxonovich aholi yashash maskanlarida keng polosali mobil aloqa sifatini yanada yaxshilash va internet xizmatlarini rivojlantirishga hokimlik vakolati doirasida yordam ko‘rsatilishini ta’kidlab oʻtdi.

Shuningdek Soʻx tumani hududida faoliyat koʻrsatayotgan televideniye va radioeshittirish uzatgichlari, qoʻshni davlatlardan kirib kelayotgan televideniye va radioeshittirish signallari hamda ushbu hududda radionazorat punktini joylashtirish uchun qulay bo‘lgan tumanning geografik nuqtalari oʻrganib chiqildi.

Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari natijasida mobil aloqa qamrovi qoniqarli bo‘lmagan hududlar to‘g‘risida ma’lumotlar Vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi orqali mobil aloqa operatorlariga taqdim etildi.

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi Karimov A.

Faylni tanlang