Soha yangiliklari

Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi hamda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumanida sayyor qabul o'tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga aholi tomonidan jami 13 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 8 ta murojaatlar sayyor qabul davomida ijobiy hal qilinib, qolgan 5 ta murojaatlar o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi. Sayyor qabul jarayonida asosan internet tarmog‘iga ulanish, mobil aloqa xizmatlari, raqamli televidenie yo‘nalishida murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, shu kunning o‘zida Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini o‘z faoliyatini boshladi. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang