"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyatida sifatsiz mobil kuchaytirgich (repeater)lardan foydalanishning oldi olindi va ularning faoliyati to‘xtatildi.

2023-yil 23-fevral kuni “O‘zkomnazorat”ning Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi xodimi, Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari, Sariosiyo tumani “Yangihayot” mahallasi profilaktika inspektori va “UzMobile” kompaniyasi xodimi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Yangihayot” mahallasining Bo‘ston, Nuroniy, Gulobod, Ehtirom, Istiqlol va Ziyokor ko‘chasida jami 12 ta xonadonda sifatsiz mobil kuchaytirgich (Repeater) qurilmalaridan foydalanish holati aniqlandi.

 

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan mobil kuchaytirgich (repeater) qurilmalar Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 28-avgustdagi 707-sonli qarorida ko‘rsatilgan normalar va texnik talablarga nomuvofiq ekanligi hamda ushbu mahallada joylashgan “UzMobile” kompaniyasining mobil aloqa tayanch stansiyasiga radioxalaqit berayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hamkorlikda olib borilgan tadbir davomida aniqlangan mobil kuchaytirgich (repeater) qurilmalar foydalanishdan to‘xtatildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli qarorining 2-ilovasi 110-bandiga asosan mobil kuchaytirgich (repeater) qurilmalar egalariga ushbu qurilmalardan foydalanmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli ogohlantirish xatlari taqdim qilindi.

 

Olib borilgan tezkor tadbir davomida “UzMobile” kompaniyasining Sariosiyo tumani “Yangihayot” mahallasida joylashgan mobil aloqa tayanch stansiyasiga salbiy ta'sir etayotgan radioxalaqitlar bartaraf etildi va mobil kuchaytirgich (repeater) qurilmalardan nomuvofiq foydalanishning oldi olindi.

 

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Nabiyev S.S.

Faylni tanlang