Soha yangiliklari

Surxondaryo viloyatida tibbiyot xodimlarining AKT sohasida malakasi oshirilmoqda

Surxondaryo viloyatining hududlarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini axborot texnologiyalari hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha malakasini oshirish, ularni bepul o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu o‘quv kurslarining dastlabki bosiqichida 286 nafar IT operator – hamshiralar, oilaviy shifokorlar, tibbiy ro‘yxatchi xodimlar va  jami 1000 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ta’kidlash lozim, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarini egallashlari kelgusida tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.  
Faylni tanlang