"EMMM" DUK yangiliklari

1-iyun – “Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Boshliq” MFYda bolalar uchun tadbir tashkil etildi

2022-yil 1-iyun kuni “Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan Yakkasaroy tumanidagi "Boshliq" mahallasida bolalar uchun bayram tadbir tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 27 apreldagi 71-F-son farmoyishining 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan ushbu tadbir mahalla ahlining bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilgan tashabbuslardan yana biri bo‘lib xizmat qildi.

Multfilm qahramonlari ishtirokidagi quvnoq tadbir va korxona tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alari va 100 dan ortiq bolalar o‘yinchoqlari bolajonlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.


Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

Faylni tanlang