Soha yangiliklari

Sirdaryoda OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy sho‘basi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida OAV vakillariga viloyatda mobil aloqa va internet xizmatlari sifatini yaxshilash, telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, 2025-yilda viloyatda 269 ta yangi tayanch stansiyasi o‘rnatilib, 66 ta stansiya modernizatsiya qilingan. 2026-yilning o‘tgan davrida esa 57 ta yangi tayanch stansiyasi o‘rnatilib, 147 ta stansiyada modernizatsiya ishlari olib borilgan.

Shuningdek, 2025-yilda 2 600 kilometr, 2026-yilning o‘tgan davrida esa 1 435 kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilgan.

2026-yilda viloyatda 3 mingdan ortiq yangi keng polosali internet ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 166 237 taga yetkazilgan.

Press-tur doirasida jurnalist va blogerlar viloyatdagi telekommunikatsiya infratuzilmasining amaldagi holati, shuningdek, internet va mobil aloqa sifatini oshirishga qaratilgan ishlar bilan bevosita tanishdilar.

Faylni tanlang