"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyatida soha korxonalarining xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi

 Mаmlakatimizda sо‘nggi yillаrda dаvlat tаshkilotlari fаoliyatida qоnuniylikni ta’minlаsh, qоnunchilik hujjatlаri mаzmun-mohiyаtini o‘rtа va quyi bo‘g‘indаgi mаs’ul xodimlаrga yetkаzish orqаli ulаrning huquqiy sаvodxonligini muntаzam rаvishda оshirib bоrish bоrasida tizimli ishlаr amаlga оshirilib kelinmоqda.

Ushbu yo‘nalishda Sirdaryo viloyatida bir qator samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan viloyatdagi soha korxonalarining rahbar va xodimlari uchun “Sirdaryo viloyati hududida mobil aloqa va mobil internet qamrovining holati” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur o‘quv seminarda Sirdaryo viloyati EMMXning yuqori malakali mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi.

 

 

 

 

O‘quv seminari ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 155-F-son Farmoyishi, 2021-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 699-son Qarori bilan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, Sirdaryo viloyati hududida mobil aloqa va mobil internet qamrovining holati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

 

 

 

Soha korxonalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlashda, qabul qilinayotgan normativ hujjatlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganib borishda, viloyat hududida ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini doimiy ravishda oshirib borishda hamda soha korxonalarining xodimlari o‘rtasida o‘zaro fikr va tajriba almashishda bu kabi o‘quv seminarlar muntazam ravishda o‘tkazib borilishi maqsadga muvofiqligi e’tirof etildi.

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi-Raimdjanov J.S.

Faylni tanlang