Soha yangiliklari

Sirdaryo viloyatida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda IT Park Sirdaryo filiali tomonidan kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori qabul qilingan edi. Uning ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo tumanining “Hikmatli” mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi va IT Park Sirdaryo filiali tomonidan yoshlar o‘rtasida kibersportning FIFA 2021 turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tadbirda 30 dan oshiq yoshlar ishtirok etib, g‘oliblarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Faylni tanlang