"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyatida madaniy meros ob’ektlarida mobil aloqa va mobil internet qamrovining holati monitoring qilindi

So‘nggi yillarda respublikada turizm sohasini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Turizm va madaniy meros sohalarida ilg‘or xorijiy tajribaga tayanib ushbu yo‘nalishlarda zarur infratuzilmani jadal rivojlantirish, ob’ektlardan samarali foydalanish, aholiga yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Sirdaryo viloyatidagi madaniy meros ob’ektlarida Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan mobil aloqa va mobil internet qamrovining holati monitoring qilindi. Monitoring bo‘yicha tadbirlar qo‘yidagi madaniy meros ob’ektlarida amalga oshirildi:

1.“Sa’du-Said” Jo‘me masjidi

2.“Jobirbobo” maqbarasi

3.“Sherbobo” maqbarasi

4.“Yusufbobo” maqbarasi

5.“Ko‘xna Xovos” Arxeologik yodgorligi

6. “Yog‘ochli Sardoba” tarixiy obidasi

O‘tkazilgan o‘lchov ishlaridan asosiy maqsad Sirdaryo viloyatidagi madaniy meros ob’ektlarida mobil aloqa va mobil internet qamrovi holatini tahlil qilish, shunigdek, mobil aloqa operatorlari tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Faylni tanlang