"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyatida o‘quv seminari o‘tkazildi

2023-yil 8-fevral kuni Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

 

Seminar ishtirokchilari Sirdaryo viloyati EMMX faoliyati, uning funksional vazifalari, radiomonitoring tizimining umumiy texnik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQlarni olib kirish tartibi bilan tanishdilar.

Shu bilan birga, seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida Nizom” va “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida Nizom” haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yuqoridagi Nizomlarning talablarini o‘rganish davomida Sirdaryo viloyati bojxona chegarasi orqali REV va YuChQlarni noqonuniy ravishda olib kirish holatlari aniqlanganda Sirdaryo viloyati EMMX va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan REV va YuChQlar ekspert xulosasini tayyorlash uchun Sirdaryo viloyati EMMXga yuborilishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida, Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari REV va YuChQlar taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay belgilangan shakldagi texnik ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirib berishlari hamda bu bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi mablag‘lari hisobiga qoplanishi kerakligi haqida ma’lumot berildi.

O‘quv seminari ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.


 

Tayyorladi:

Sirdaryo viloyati EMMX

2-toifali tarmoq muhandisi Ostonaqulov O.A.

 

Faylni tanlang