"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyatida soha korxonalarining xodimlari uchun taqdimot o‘tkazildi

Ma’lumki, 2022-yil 22-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror bilan 2022-yil yakuniga qadar aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasini 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Sirdaryo viloyati hududida ushbu ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, 2022-yil 11-noyabr kuni Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan soha korxonalarining xodimlari uchun viloyat hududidagi barcha aholi punktlarida, shuningdek, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarida mobil aloqa va mobil internet qamrovining bugungi holati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

 

 

Tadbir jarayonida Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan mobil aloqa operatorlariga mobil internet qamrovi mavjud bo‘lmagan aholi punktlariga yangi mobil aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish, shunigdek, antenna-machtalardan birgalikda foydalanish bo‘yicha tajribani ommalashtirish zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.S.Raimdjanov

Faylni tanlang