Soha yangiliklari

Sirdaryo viloyati yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanmoqda

O‘tgan davr mobaynida viloyatda internet xizmatlarining sifati va yuqori tezligini taʼminlashga xizmat qiluvchi optik tolali tarmoqning uzunligi 1,22 ming kilometrni tashkil qilgan boʻlsa, bugungi kunda olib borilgan islohatlar natijasida 2020-2021-yillarda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 4,45 ming kilometrga yetkazildi. Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda aholiga simli keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish maqsadida 58,8 ming abonentga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan 35 ta zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari oʻrnatildi. Ayni paytda “Oʻzbektelekom”AK Sirdaryo filiali tomonidan qoʻshimcha ravishda zarur uskunalar olib kelinib, montaj va ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 30 mingdan ortiq keng polosali portlar oʻrnatilib, ularning umumiy sigʻimi 123 mingga yetkazildi. Ushbu olib borilayotgan ishlar natijasida, viloyat boʻylab yanada koʻproq aholi uchun yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish va ulanish imkoniyati yaratilmoqda.  
Faylni tanlang