Soha yangiliklari

Taxtako‘pir tumanida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Qoraqolpag‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Gʻarezsizlik” mahallasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va qator tashkilotlar hamkorligida kibersport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa tumandagi Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda “FIFA 22” va “Counter Strike 1.6” yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. IT tadbirga tumandagi 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa IT-maktabning moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan zamonaviy kompyuterlarda o‘tkazildi. Musobaqa so‘ngida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Faylni tanlang