"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida seminar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati 1-toifali muhandislari M.O.Dlekeev va N.P.Narimovlar tomonidan bojxona chegaralari orqali chet davlatlardan radioelektron vositalarni noqonuniy ravishda olib kirilishini oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishda uchraydigan muammoli vaziyatlar bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ilovalari, ya’ni, “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomlarning mazmun-mohiyati tushintirildi. Shuningdek, REV va YuChQdan foydalanish sohasida nazorat qilish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Undan tashqari Bojxona boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan sohaga doir qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

                                                                                                                                                                                                                                  Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

                                                                                                                                                                                                                                               1-toifali muhandisi M.Dlekeev

Faylni tanlang