"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati Bojxona boshqarmasida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

2023-yil 17-mart kuni Xorazm viloyati EMMX xodimlari A.Palyozov va H.Matyusupovlar ishtirokida viloyat Bojxona boshqarmasi binosining majlislar zalida Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan yillik ish rejaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining mazmun- mohiyatini tushuntirish va ijrosini ta’milash, shuningdek, viloyat hududida REVlarning elektromagnit moslashuvi bilan bog‘liq masalalarni yoritish maqsadida texnik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot mobaynida sohaga oid qonun hujjatlari taqdimot yordamida tushuntirilib, o‘zaro muloqot o‘tkazildi. Bojxona boshqarmasi xodimlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga javoblar berildi.


O‘quv mashg‘uloti davomida hozirgi kundafuqarolar orasida juda ko‘p tarqalayotgan va foydalanilayotgan mobil aloqa signallarini kuchaytiruvchi qurilma (repiter)lar haqida to‘liq va atroflicha ma’lumotlar taqdim qilindi.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi H.Matyusupov

Faylni tanlang