"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch- Aeroport” bojxona chegara posti bilan hamkorlikda navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi

Xorazm viloyati hududiga Urganch xalqaro aeroporti orqali barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy olib kirilishini oldini olish maqsadida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch- Aeroport” bojxona chegara posti xodimlari ishtirokida 2023-yil 13-aprel kuni Xorazm viloyati EMM xizmati muhandislari A.Palyоzov va H.Matyusupovlar navbatdagi o‘quv-seminarini o‘tkazdilar.

 

Bunda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori, RChRKning 256-sonli qarorida keltirilgan “Respublika hududiga radiochastota organlarining tegishli ruxsat etuvchi hujjatlarisiz olib kirish, sotish va foydalanish mumkin bo‘lgan kichik radiusda ishlaydigan radioelektron vositalar ro‘yxati” hamda RChRKning 707-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’milash orqali viloyat hududida elektromagnit moslashuvni ta’minlashga qaratildi. O‘quv-seminari mobaynida sohaga oid qonunchilik hujjatlarining talablari tushuntirilib, o‘zaro muloqot o‘tkazildi.

O‘quv-seminari mobaynida asosan hozirda fuqarolar orasida juda ko‘p tarqalayotgan va foydalanilayotgan mobil aloqa signallarini kuchaytiruvchi qurilma(repiter)lar va noqonuniy foydalanishda bo‘lgan radiostansiyalarning turlari va nomlari haqida ma’lumotlar taqdim qilindi. Bojxona boshqarmasi xodimlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga javoblar berildi.

Faylni tanlang