"EMMM" DUK yangiliklari

Toshkentda “Radioaloqaning rivojlanish istiqbollari.Radioaloqaning zamonaviy texnologiyalari va radiochastota spektrini boshqarish” mavzusida Respublika ilmiy-texnik seminari bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 19 noyabr kuni Aloqa muzeyi binosida, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy texnika jamiyati, Elektromagnit moslashuv markazi, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniya markazi, Ilmiy texnika va marketing tadqiqotlari markazi “Unicon.uz tomonidan tashkil etilgan, “Radioaloqaning rivojlanish istiqbollari. Radioaloqaning zamonaviy texnologiyalari va radiochastota spektrini boshqarish” mavzusida Respublika ilmiy-texnik seminari bo‘lib o‘tdi.

 

Seminarda ishtirokchilar tomonidan quyidagi mavzular muhokama etildi:
— radioaloqaning zamonaviy texnologiyalari rivojlanish istiqbollari, jumladan mobil aloqa tizimlarinimg beshinchi avlodi;
— yerdan turib avtomatik boshqariladigan aviatsiya texnikasi uchun radiochastota spektridan foydalanish;
— IoT istiqbolli radiotexnologiyalari;
 — O’zbekiston Respublikasi Aloqa ma’muriyatining, XRI Butundunyo Radioaloqa konferesiyasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni;
 — O’zbekiston Respublikasida kosmik aloqa faoliyatining yo'nalishlari;
— O’zbekistonda radioeshittirsh tarmog'ini rivojlantirish;
— mobil aloqa operatorlari tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmalaridan hamkorlikda foydalanish;
— radiomonitoring natijalarini, kompleks tarzda tahlil qilish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish.

Seminarning amaliy ahamiyati shundaki, taqdim etilgan va muhokama qilingan ma’ruzalar, ishtirokchilarning professional faoliyatida qo‘l keladi.

Maqola muallifi: RTMB muhandisi Kudratova A.O.

TKvaREB muhandisi Ishmatova L.A.

Faylni tanlang