Soha yangiliklari

Toshkent IT texnikumida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminar va vebinar tashkil etildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, IT Park Toshkent shahar filiali hamda Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi bilan hamkorlikda texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun o‘quv-seminari va vebinar tashkil etildi.

Seminar qatnashuvchilariga IT Park mutasaddi xodimlari tomonidan uzbekcoders.uz sayti orqali “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ro‘yhatdan o‘tish, loyiha maqsadi, mazmuni va unda bilim olish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.

Tashkil etilgan o‘quv-seminar va vebinarlar asosida ishtirokchilarni dasturlash sohasidagi bilim ko‘nikmalarini oshirishda hamda ochiq onlayn-platforma orqali yuqori malakali dasturchiga aylanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang