"EMMM" DUK yangiliklari

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIDA YOSH OLIMLAR KENGASHINING 2-SONLI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, malakaviy kadrlarni tayyorlash va turli sohalar ilmiy bazasini yuqori darajaga ko‘tarish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining barcha ijtimoiy sohalarga jadal singib borayotgani uning ilmiy-tehnik bazasini takomillashtirishni taqozo etadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining muammoli masalalarini ilmiy tadbiq etish maqsadida 2017 yil 31 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yosh olimlar kengashining 2-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu yig‘ilishda Elektromagnit moslashuv markazi Davlat unitar korxonasi hodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sohaga oid quyidagi masalalar muhokama etildi:

  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilmiy ishlarni rivojlantirish masalalari;

  • “O‘zbektelekom” AK Telekommunikatsiya transport tarmog‘i filiali muammoli masalalari;

  • Tanlangan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy maqolalar yozish tartibi;

  • Ilmiy maqolalar chop etish tashkiliy masalalari va boshqa savollar ko‘rib chiqildi.

trns 2-toifali muhandisi - axunov f.

Faylni tanlang