Soha yangiliklari

Toshkent viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari davom etmoqda

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida navbatdagi tadbir keng jamoatchilik va yoshlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Seminarda, shahardagi 4ta sektor hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar, shaharning tegishli pedagoglari va qiziqish bildirgan talabalar ishtirok etdilar.

Trenningda Chirchiq shahrida tashkil etilgan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” mutaxassislari loyiha ishtirokchilariga dasturning vazifalari va hozirgi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berishdi.

 Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad, shaharda IT texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis kadrlarni yetishtirish va ularning IT yo‘nalishidagi bilimlarini eksport qilish orqali, shahar iqtisodiyotini yanada rivojlantirishdir.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang