Soha yangiliklari

Toshkentda yangi Plug and Play ofisi ochildi

Joriy yilning 6-may kuni poytaxtda yangi Plug and Play Uzbekistan ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

slider

Plug and Play – dunyodagi yetakchi innovatsion platformalardan biri boʻlib, startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitetlar va davlat muassasalarini birlashtiradi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Plug and Play Tech Center hamkori Sasha Karimpur, Plug and Play Uzbekistan asoschisi va direktori Feliks Lammers qatnashdi.

Shuningdek, xorijiy hamkorlar hamda 300 dan ortiq tadbirkorlar, investor va ekspertlar ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda ofis ochish mahalliy korporatsiyalar va agentliklar uchun koʻproq imkoniyatlar yaratish, shuningdek, mamlakatda startaplarning rivojlanishini jadallashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, Plug and Play bilan hamkorlik mahalliy startaplarga xalqaro bozorga chiqishga yordam beradi.

Tadbir davomida FinTech va InsureTech boʻyicha panel muhokamalari ham bo‘lib o‘tdi. 

Plug and Play korporativ innovatsion dasturlarni taklif qiladi va korporativ hamkorlarga innovatsion sayohatining har bir bosqichida, o‘rganishdan tortib to amalga oshirishgacha yordam beradi.

2006-yilda tashkil etilganidan buyon Plug and Play dasturlari global miqyosda kengaydi va hozirda dunyoning 30 dan ortiq joylarida mavjud boʻlib, startaplarga Kremniy vodiysida va undan tashqarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan resurslarni taqdim etadi. 10 000 dan ziyod startaplar va 1 400 ta rasmiy korporativ hamkorlar bilan kompaniya ko‘plab sohalarda mukammal startap ekotizimini yaratib kelmoqda.

Faylni tanlang