Soha yangiliklari

Toshkentda Meta Small Business Praktikumi bo‘lib o‘tadi

Meta, CoobX va hamkor tashkilotlar ishtirokida Meta Small Business Praktikumi tashkil etiladi.

Tadbir tadbirkorlar, marketologlar, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda raqamli marketing vositalaridan samarali foydalanishni istagan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Dastur doirasida ishtirokchilar:
- Meta platformalaridagi reklama imkoniyatlari;
- reklama kampaniyalarini yaratish va optimallashtirish;
- Threads, Reels va Partnership Ads vositalari;
- xalqaro bozorlarda biznesni rivojlantirish strategiyalari;
- mahalliy muvaffaqiyatli keyslar va amaliy tajribalar bilan tanishadilar.

Tadbirda Meta va CoobX ekspertlari, shuningdek, mahalliy biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.

Ro'yxatdan o'tish

16-iyun
14:00
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kongress xoll

Faylni tanlang