"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot texnologiyalari texnikumida o‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hududiy boshqarmasining 2022-yil 8-apreldagi 10-son bayonnomasida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha, joriy yilning 13-14-aprel kunlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari A.Shimbergenov va A.Yeshimbetovlar tomonidan Nukus shahridagi Axborot texnologiyalari texnikumida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

 

 

 

o‘quv-seminarda texnikumning Telekommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha 2-kurs talabalari qatnashdi. Seminar ishtirokchilariga “Radioto‘lqinlarning tarqalishi, ularning xususiyatlari” hamda “Mobil aloqa tizimlari” mavzulari bo‘yicha taqdimotlar namoyish qilindi.

 

 

Seminar ishtirokchilarda o‘quv taqdimotlari katta qiziqish uyg‘otdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va batafsil ma'lumot olishdi.

 

 

QR EMMX 1-darajali radiooperatori

A.Shimbergenov

Faylni tanlang