"EMMM" DUK yangiliklari

ATK rivojlantirish vazirligining Andijon viloyati hududuy boshqarmasida radioelektron vositalarni O‘zb. Res. hududida noqonuniy ravishda olib kirish, sotish va foydalanishni hamkorlikda bartaraf etish va oldini olish masalalarida yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda - O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Andijon viloyati hududuy boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy inspeksiyasi, “EMMM” DUK Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, Andijon viloyati IIB va Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi mas‘ul vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.A.Samatov ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida 801-son qarori bo‘yicha tushunchalar berdi.

Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotish (berish) belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat Inspeksiya bilan birgalikda Andijon viloyati Davlat soliq boshqarmasi vakillari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi nazorati ostidagi avtomobillarda va boshqa transport vositalarida REVni o‘rnatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar borligini nazorat qilish Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REV va YuChQni, shuningdek radioboshqaruv moslamasi bilan ta‘minlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni nazorat qilish Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan, REV va YuChQning bojxona chegarasi orqali harakatlanishining nazorati Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi kelishib olindi.

Yuqorida ko‘rsatilgan vakolatli tashkilotlar har yili birgalikda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlashi va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan hamkorlikda ishlar amalga oshirilishi kelishildi.

Tayorladi: tarmoq muhandisi U.Shodmonov

Faylni tanlang