Soha yangiliklari

TATUda Davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talaba-yoshlar taqdirlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy fililallari talabalarining jami 44 nafari Davlat va soha stipendiyalariga ega bo‘lishdi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilga nisbatan stipendiya sohiblari qariyb 50 foizga oshdi. Jumladan, Prezident stipendiyasi 3 nafar, Beruniy stipendiyasi 8 nafar, Islom Karimov nomli stipendiyasi 2 nafar va soha stipendiyalari (Muhammad al-Xorazmiy) 29 nafarni tashkil etmoqda. 2021/2022-o‘quv yilidan To‘lepbergen Kayipbergenov va Ibroyim Yusupov davlat stipendiyalari ta’sis etildi hamda mazkur stipendiyalarga TATU Nukus filiali 2 nafar talabasi ega bo‘ldi.    
Faylni tanlang