Soha yangiliklari

TShIUda “International Ideathon Central Asia 2022” bo‘lib o‘tadi

2022-yilning 9-11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan talabalar uchun “International Ideathon Central Asia 2022” (https://events.sap.com/ideathon-2022/en/home) uch kunlik oflayn tadbirni o‘tkaziladi. Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti va SAP hamkorligida tashkil etildi. Ushbu tadbir talabalarga kompaniyalar duch keladigan turli muammolarni yechimi bo'yicha aralash jamoalarda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarni taqdim etadi. Tadbir davomida ishtirokchilar Stenford Dizayn fikrlash usuli hamda SAP platformasi yechimlari bilan tanishadilar va bilimlarni amaliyotga tatbiq etadilar. Sizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni @iut_int dan olishingiz mumkin.
Faylni tanlang