Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Amiti universitetida xotin-qizlar uchun Web-fullstack yo‘nalishi bo‘yicha bepul intensiv kurs tashkil etildi

Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Albison” akademiyasi bilan hamkorlikda va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida xotin-qizlar uchun Web-fullstack yo‘nalishi bo‘yicha bepul intensiv kurs tashkil etildi. Mazkur kursning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning AKT sohasidagi salohiyatini oshirish, ularni kerakli bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatishdan iborat. Intensiv kurs qisqa vaqt ichida mobil va veb dasturlash asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallangan. Kurs doirasida ishtirokchilarga qo‘shma o‘quv materiallar taqdim etiladi. Shuningdek, ular uchun trening va mahorat darslari o‘tkaziladi. Kursda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablar: – 15 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan qizlar; – IELTS darajasi 7+ dan past bo‘lmaslik; – shaxsiy noutbukka ega bo‘lish. Darslar Toshkent shahridagi Amiti universitetining binosida 18:00 dan 20:00 gacha oflayn rejimda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi muddat: 2022-yil 21-mart. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfuW6q5puCb1xTDjeH8eAUipwTYwuIrdm8UochIhHSO0u1Q4g/viewform
Faylni tanlang