Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Inha universitetida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Joriy yil 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir kamar bir yo'l 6-sonli konferensiya"si bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Ocean College, Chjeszyan universiteti (Xitoy) va Jungseok xalqaro logistika va tijorat ilmiy-tadqiqot instituti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirning asosiy mavzusi pandemiyadan keyingi davrda logistika va boshqa iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan. Konferensiyada noaniqlik davrida logistikani boshqarish, Markaziy Osiyoda logistika menejmenti, BRI iqtisodiy oqibatlari, yetkazib berish zanjiri boshqaruvi va qarorlar qabul qilishda axborot texnologiyalarining roli, yetkazib berish zanjirida inson resurslarini boshqarish kabi mavzulardagi masalalar ko‘rib chiqildi. Tadbirda 30 dan ortiq mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari, hamda xorijiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.  
Faylni tanlang