Soha yangiliklari

TATU Urganch filialida “Start-Up loyihalar” tanlovi o‘tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida  IT Park ko'magida “Start-Up loyihalar” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovga  TATU Urganch filiali talabalari tomonidan 32 ta loyiha arizasi kelib tushib ularning ichidan 18 ta loyiha tanlab olingan. Tanlov natijasidan kelib chiqib g‘oliblar aniqlandi. Tanlov natijalari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tez topshda xavfsizlik xizmati hodimlariga yordam beruvchi “IVA” loyihasi g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘rinni robototexnika bóyicha laboratoriya yaratish “RoboLab” loyihasi egalladi. Va uchinchi o‘rinni oziq-ovqat mahsulotlarini o'z vaqtida yetkazib berish uchun “DeFood” ilova loyihasi qo‘lga kiritdi. Barcha tanlov ishtirokchilari sertiikatlar bilan taqdirlandi. G'oliblarga pulli mukofotlar topshirildi.
Faylni tanlang