Soha yangiliklari

TATU Urganch filialida “Erasmus+” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti Urganch filialida “Erasmus+” dasturining axborot va uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Erasmus+” Milliy offisi koordinatori A. Abduraxmanova, expert K.Baxadirov, Oliy ta’lim bo'yicha ekspertlar Milliy guruhining a'zolari tomonidan dasturning yo‘nalishlari, loyihalarni yozish va topshirish tartibi, hozirgi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar tajribasi, 2022-yilgi ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali, Urganch davlat universtiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilari va magistrant talabalari ishtirok etishdi. Ushbu tadbir o‘zaro muloqot va tajriba almashish, universitetlararo hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam hisoblanadi.  
Faylni tanlang