"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi

2022-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan 2022-yil 28-iyun kuni Urganch shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Urganch shahar shaxsiy tarkibida texik-o‘quv ishlari o‘tkazildi.

Tadbir Urganch shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi (IIO FMB) boshlig‘i o‘rinbosari madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i kapitan Berdiev Javlon tomonidan tashkillashtirildi.

O‘quv jarayonida Xorazm viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.Palyozov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom talablari ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berildi.

Shuningdek, mavzu doirasida noqonuniy foydalanishda bo‘lgan radiuzatkichlar va ularni aniqlash bo‘yicha ishlar ham so‘zlab o‘tildi.

Ichki ishlar xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga aniq va asosli javoblar oldilar.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.Palyozov

Faylni tanlang